• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: holat va istiqbollar shiori ostidagi I Respublika yosh tadbirkorlar Forumi o‘z ishini boshladi

    Joriy yilning 14-16 dekabr kunlari O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: holat va istiqbollar shiori ostidagi I Respublika yosh tadbirkorlar Forumi o‘z ishini boshladi.

    Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibor yildan yilga ortib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bu sohadagi eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Shu bois bugungi kunda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan bir qator ishlar samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Natijada yurtimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga e’tibor tobora kuchayib, ular uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Bu esa yoshlar bandligini ta’minlanishiga, ularning moddiy holati yaxshilanishiga olib kelmoqda.  

    Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli mikrokreditlar bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining asosiy dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu vazifalarni bajarish borasida, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va tashabbusi bilan bir qator vazirlik, idoralar va tijorat banklari hamkorligida ko‘plab loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

    Erishilgan yutuqlar ko‘lamini oshirish, ularni izchil davom ettirish, bugungi o‘sib kelayotgan yoshlar talabini to‘la qondirish, ular uchun yanada qulay va oson ishbilarmonlik muhitini yaratish maqsadida mazkur sohaga oid respublikamizda faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarini ijtimoiy sherikchilik asosida birlashtirib, faoliyatlarini uyg‘unlashtirish imkonini yaratish ehtiyoji sezilmoqda.

    Shuningdek, amaliy faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar ishtirokida Respublikamizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning bugungi holatini tahlil qilish va istiqbollarini belgilab olishga yo‘naltirilgan yoshlar tadbirkorligi forumini tashkil etish dolzarbligini belgilab beradi.

    “O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: holat va istiqbollari” yosh tadbirkorlar biznes-forumi respublikamizda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, axborot va hamkorlik xarakteriga ega bo‘lgan loyiha hisoblanadi.

    Biznes-forumning asosiy maqsadi – yoshlar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali respublikamizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilashdan iborat.

    Biznes forumda  18 yoshdan 35  yoshgacha bo‘lgan o‘z biznesiga ega yosh tadbirkorlar ishtirok etishi mumkin.

    Forumning hududiy bosqichlari joriy yilning 14-24 noyabrь kunlari o‘tkazildi. Forumning quyi bosqichlarida 1500 dan ziyod yosh tadbirokrlar o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar.

    Forumning respublika bosqichida har bir xududdan 6 nafardan yosh tadbirkor, 1 nafar xududiy konsulьtativ markazi koordinatori hamda 1 nafar hududiy Savdo-sanoat palatasi mas’ul xodimi ishtirok etadi. Bundan tashqari forumda Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Markaziy bank, Monopoliya va raqobatni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi palatasi deputatlari, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki qoshidagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi  mas’ul hodimlari jami 135 nafar ishtirokchilar qatnashadi.

    Respublika yosh tadbirkorlarining birinchi biznes-forumini o‘tkazish orqali quydagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:

    - respublikada yoshlar tadbirkorligi sohasida faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlarining hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish;

    - yoshlar tadbirkorligi istiqbollari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqib mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish;

    - yosh tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikda faoliyat olib borishda bir-biriga ko‘maklashishi uchun shart-sharoitlar yaratib berish, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida birlashtirish mexanizmlarni aniqlash;

    - mamlakatimizda tadbirkorlik muhiti, xususan yoshlar tadbirkorligi sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar va istiqboldagi vazifalarni muhokama qilib, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dolzarb vazifalari echimida o‘z o‘rnini aniqlash, davlat organlari bilan hamkorlik, loyihalarning samaradorligi va manzilliligini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashish;

    - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkaziladigan tadbirkorlik loyihalari atrofida yoshlarni yanada kuchliroq jipslashtirish;

    - yosh tadbirkorlarning davlat va keng jamoatchilikka qaratilgan Biznes-forum ishtirokchilarining “Murojaatnomasi” matnini ishlab chiqish.

    Biznes-forum natijalari asosida O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligining bugungi xolati va istiqbollarini o‘zida mujassamlashtirgan takliflar ishlab chiqiladi va keng jamoatchilikka taqdim etish.

    Bu hali hammasi emas! Ta’kidlash joizki, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlanishida yoshlarning muhim va salmoqli hissasi bor.

    Yosh tadbirkorlik sub’ektlariga bo‘lgan e’tibor ular tomonidan yangi ish o‘rinlari ochish, barqaror daromad manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanmoqda.

    Xususan, “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostidagi yosh tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va innovatsion loyihalari – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, yoshlar erishayotgan ilg‘or natijalarni targ‘ib qilishga, yoshlarda mulkdor bo‘lish hissini kuchaytirishga, tadbirkorlarning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda.  

    Ushbu shior ostidagi hududiy tanlovlar joriy yilning may oyidan noyabr oyiga qadar respublikamizning barcha hududlarida tashkil qilindi.

    Mazkur shior ostidagi hududiy tanlovlarda jami 780 nafar yosh tadbirkor, fermer va hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishgan bo‘lsa, 7500 nafardan ortiq yoshlar ushbu tanlovlarga jalb qilindi.

    Bu yilgi tanlovda ishtirok etgan yosh tadbirkorlarning soni, maxsulotlar va xizmat turlarining sifati va yangi tadbirkorlik yo‘nalishlari bilan, shuningdek ko‘lami bilan o‘tgan yilgilaridan farqlanadi. Bu esa loyihaning tobora rivojlanib borayotganligidan, unda ishtirok etish istagida bo‘lgan yosh tadbirkorlarning soni ortib borayotganidan darak beradi.

    Jumladan, tanlovda eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan, ichki va tashqi bozorda o‘z tovarlarining mashhur brendiga ega bo‘lgan, to‘qimachilik, tekstilь mahsulotlari ishlab chiqarayotgan hamda engil sanoatning boshqa tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh tadbirkorlik sub’ektlari ham ishtirok etishgan.

    Hududiy tanlovlarda ishtirok etgan va “Yilning eng namunali yosh tadbirkori” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yosh tadbirkorlik sub’ektlari ushbu tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasining maxsus diplomi, loyiha statuetkasi va esdalik qimmatbaho sovg‘alari topshiriladi.

    14.12.2015

    01:54

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06