Namanganda suv ta'minotini yaxshilash uchun OPEK krediti jalb qilinadi.
Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan loyihaning tasdiqlangani to'g'risida O'zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi.
Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqo'rg'on tumanining 22 ta aholi punkti va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan ta'minlashga qaratilgan loyihaning tasdiqlangani to'g'risida O'zbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi. Uning umumiy qiymati 54 mln. AQSH dollariga tengdir. Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Loyiha 2020-2025-yillarda amalga oshirilishi mo'ljallangan. Natijada Namangan viloyatining asosan qishloq joylarida yashovchi 200 mingdan ortiq aholisi toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.
Xalqaro rivojlanish fondi Boshqaruvchilar kengashining krediti besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.
26.03.2019
10:08