• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O'zbekiston va Belarus o'zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlamoqda

    O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning rasmiy tashrifiga qizg'in hozirlik ko'rilayotgan Minsk shahrida tashkil etilgan O'zbekiston-Belarus hududlararo forumi «Mintaqalar hamkorligi – davlatlararo munosabatlarni rivojlantirishning muhim omili» mavzuidagi yalpi majlis bilan davom ettirildi. Unda asosiy e'tibor mamlakatlarimiz o'rtasida sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat sanoati, ta'lim kabi sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalariga qaratildi.

    Parlamentlar va hukumatlar a'zolari, yirik kompaniyalar, ishbilarmon doiralar, hududlar vakillari ishtirok etgan majlisda ushbu forum mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni yangi, yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.

    Ikki davlat rahbarlarining kelishuvi bilan hududlararo anjumanlar o'tkazish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

    Tadbirda Sirdaryo va Minsk viloyatlari hamkorligi misolida mamlakatlarimiz o'rtasida qabul qilingan “Yo'l xaritasi” ijrosi xususida so'z yuritildi.

    Hududlararo forum maydonida qator tijorat shartnomalari va bitimlar imzolangani mintaqalar o'rtasidagi muloqotning mazkur platformasi nechog'li samarali ekanini yaqqol namoyish etdi.

    Minsk shahrining markaziy xiyobonida ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiy byusti ochildi.

    Ushbu tadbir ikki xalq o'rtasidagi madaniy hamkorlikning yangi tarixidagi ulkan voqea bo'ldi. Zero, Hazrat Navoiy byusti Belarusda Sharq daholari hurmatiga bunyod etilgan ilk yodgorlikdir.

    “Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanlig',
    Yor o'lung bir-biringizgakim, erur yorlig' ish.”

    Asrlar osha ulug' bobokalonimiz qalamiga mansub ushbu satrlarning dolzarbligi yo'qolmay, aksincha, jahon ahliga eng jarangdor da'vat sifatida ahamiyati ortib bormoqda.

    She'riyat mulkining sultoni byusti ochilishiga bag'ishlab o'tkazilgan tantanali marosimda shu hikmatli satrlar belarus tilida yangradi. Unda ikki mamlakat hukumatlari va parlamentlari a'zolari, adabiyot, madaniyat namoyandalari, keng jamoatchilik, yoshlar qatnashdi.

    O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev Navoiy falsafasi turli millatlar va elatlar madaniyati va tafakkurini rivojlantirishda beqiyos o'rin tutishini, Prezidentimiz tashrifi arafasida o'tayotgan ushbu marosim o'zbek va belarus xalqlari o'rtasidagi do'stlik va birodarlik rishtalari yangi bosqichga ko'tarilayotganini ifoda etishini qayd etdi.

    Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi raisi o'rinbosari Marianna Shchyotkina mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar madaniyat sohasida ham yuqori pog'onaga ko'tarilayotganini ta'kidladi. O'tgan yili Toshkentda atoqli belarus adibi va jamoat arbobi Yakub Kolas xotirasiga yodgorlik o'rnatilgani, endilikda Minskda Hazrat Navoiy byusti qad rostlagani bu fikrning yorqin dalilidir.

    – Ushbu yodgorlikning ochilishi porloq va tantanali hodisa. Zero, Navoiy nafaqat ulug' shoir va mutafakkir, balki buyuk ma'rifatparvar ham bo'lgan. Navoiy merosi butun insoniyat mulkiga aylangan, asarlari ko'plab tillarga tarjima qilingan. Uning chuqur falsafasi, asarlaridagi rang-barang obrazlar xalqlarni do'stlik, insonparvarlik, olijanoblik kabi fazilatlar orqali birlashtirishga xizmat qiladi, – dedi Marianna Shchyotkina.

    Darhaqiqat, Alisher Navoiy asarlari jahonda tinchlik, do'stlik va saxovatni targ'ib qilayotgan bebaho meros sifatida barcha xalqlar tomonidan qadrlanadi. Aslida adabiyot vaqt, makon, chegara bilmaydi. Inson komillikka intilar ekan, Hazrat Navoiy asarlari har bir davrda, har qanday ijtimoiy qatlam vakili uchun aziz va dolzarb bo'lib qolaveradi.

    Belaruslik haykaltarosh Maksim Makarevich tomonidan ishlangan byust buning yana bir tasdig'i bo'ldi.

    Marosim o'zbek va belarus xalqlarining qo'shaloq bayramiga aylanib ketdi. Navoiy bobomiz yodgorligi poyi gullarga burkandi.

    Belarus davlat filarmoniyasi konsert zalida O'zbekiston madaniyati kunlarining tantanali ochilish marosimi bo'ldi. Unda ikki mamlakat madaniyati va san'ati namoyandalari, shoir va yozuvchilar, keng jamoatchilik, yoshlar qatnashdi.

    O'zbek va belarus xalqlari jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Mamlakatlarimizni boshqa sohalar qatori xalqlarimizning betakror madaniyati va san'ati ham bog'lab turadi.

    Samarqandda o'tadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida belaruslik ijodkorlar muntazam qatnashib keladi. O'zbekiston madaniyati va san'ati vakillari ham Belarusda o'tadigan «Slavyanskiy bazar» va boshqa nufuzli festivallarning faol ishtirokchisiga aylangan.

    2018 yil aprel oyida Toshkentda Belarus madaniyati va kinosi kunlari o'tkazilgan edi. Minskda ochilgan O'zbekiston madaniyati kunlari mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy hamkorlikni tarannum va taraqqiy ettirish yo'lida qo'yilgan navbatdagi qadamdir.

    Marosimda ikki mamlakat madaniyat vazirliklari vakillari so'zga chiqib, ushbu tadbir o'zaro mushtarak madaniy aloqalarni mustahkamlashda, belarus xalqini o'zbek milliy madaniyatining bebaho namunalaridan bahramand etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

    Sokin oqshom Minsk bo'ylab o'zbek milliy navolari yangradi. Diltortar qo'shiq va raqslar barchaga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.  

    31.07.2019

    18:08

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06