O‘zbekistonda uchta erkin savdo zonasi yaratiladi
Bu yil O‘zbekistonda ilk uchta erkin savdo zonasi yaratiladi, dedi Shavkat Mirziyoev o‘z murojaatnomasida.
"Andijon, Termiz va Qo‘ng‘irot viloyatlarida biz erkin savdo zonalarini yaratish va ular orqali transchegaraviy savdoni rivojlantirishni nazarda tutmoqdamiz", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Xususiy tadbirkorlik sub'ektlari xaridorgir bo‘lgan mahsulot turlarini aniqlash, bozorlarni qidirish va sotish bilan shug‘ullanishi kerak deya qo‘shimcha qildi davlatimiz rahbari. Buning uchun ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar to‘plami ishlab chiqilishi lozim. Bu ham tashqi, ham ichki bozor savdosiga tegishli.
"Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqish va ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash uchun tegishli hujjatlar qabul qilish topshirilsin", dedi Mirziyoev.
24.01.2020
16:53