SIRDARYO VA TOSHKENT VILOYATLARI QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI XARIDORLARIGA – IMTIYOZLAR
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 19.06.2020 yildagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta'minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 392-son qaror qabul qilindi.
«Textile Technologies Group» MChJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida $54 mln ga teng 1 000 dan ortiq yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalari, shu jumladan 66 ta paxta terish mashinalari o‘z mablag‘lari va xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobiga xarid qilindi.
«Textile Technologies Group» MChJ va «O‘zKeysagrolizing» tomonidan xarid qilinadigan, Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Sardoba tumanlari hamda Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka va Chinoz tumanlari uchun mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari (hujjat bilan tasdiqlangan ro‘yxatga asosan) 2021 yil 31 dekabrga kadar bojxona bojidan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etiladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash 270 kun muddatga kechiktiriladi.
Manbaa: norma.uz
23.06.2020
10:24