Chet eldan bugʼdoy import qiluvchi va un ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Respublika tovar-xom ashyo birjasi” АJ bilan birgalikda chetdan bugʼoy import qiluvchi hamda mahalliy un ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay sharoit yaratish maqsadida hamda chet elga chiqmasdan, qoʼshimcha harajat va vaqt yoʼqotmasliklari uchun “Respublika tovar-xom ashyo birjasi” АJ tomonidan xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilarga birja savdolariga toʼgʼridan-toʼgʼri mahsulotlarni qoʼyilishi joriy etilgan.
Bugungi kunda Oʼzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida un, oʼsimlik yogʼi, bugʼdoy va shakar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik xorijiy kompaniyalarni birjaga jalb etish boʼyicha tizimdan roʼyxatdan oʼtish soddalashtirildi (arizaning oʼzi yetarli), savdolarda ishtirok etish uchun kafolat summasi bekor qilindi va xorijiy kompaniyalar komission yigʼimlardan ozod etildi.
Shuningdek, ushbu birja orqali tadbirkorlar mahsulotlarini chetdan import qilishda xalqaro temir yoʼl tashuvlarida ham “Oʼzbekiston temir yoʼllari” АJ tomonidan Oʼzbekiston ichki tashuvlarida oʼrnatilgan stavkalar qoʼllaniladi.
Tovar-xom ashyo birjasida ishtirok etish boʼyicha qoʼshimcha maʼlumotlar olish yuzasidan Respublika tovar-xom ashyo birjasi” АJning masʼul xodimi Ibrogimov Islombekga 71-207-00-33 (10-02) raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
05.02.2021
12:12