2021 yil 15-19 fevral kunlari Yaponiyada “САVЕХ” - Markaziy Osiyo virtual koʼrgazmasi boʼlib oʼtadi
Oʼzbekiston va Yaponiya oʼrtasida savdo va investitsion hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yaponiyaning Rossiya va mustaqil davlatlar bilan hamkorlik tashkiloti “ROTOBO” tomonidan 2021 yil 15-19 fevral kunlari Yaponiyada Markaziy Osiyo virtual koʼrgazmasi tashkil etilmoqda (koʼrgazma bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin - https://www.rotobo-cavex.jp/ru/)
Virtual koʼrgazma 2021 yil 15 fevral kuni ochilishi rejalashtirilgan. Ushbu koʼrgazmada Markaziy Osiyoning Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qirgʼiziston davlatlari ham ishtirok etmoqda.
Virtual koʼrgazmani tashkil etishdan koʼzlangan maqsad pandemiya sharoitida jaxonda roʼy berayotgan iqtisodiy inqirozga qaramasdan Oʼzbekiston va Yaponiya oʼrtasida oʼzaro savdo va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, Yaponiyaning yetakchi investitsion kompaniyalarini mamlakatimizga jalb qilish hamda Yaponiya bozoriga mahalliy mahsulotlarimizni eksport qilishga qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Ushbu virtul koʼrgazmada Oʼzbekistonning alohida virtual stendi tashkil etilgan boʼlib, unda respublikamizning oziq-ovqat, tekstil sanoati va elektrotexnika sanoati boʼyicha eksport hamda investitsion salohiyatini namoyish qilish maqsadida bir qator xoʼjalik birlashmalari va mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirok etmoqda:
- “Oʼztoʼqimachiliksanoat” uyushmasi;
- “Oʼzeltexsanoat” uyushmasi;
- Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
- “Great Rich” MChJ (Аndijon viloyati);
- “Livadiya Buxara” MChJ – “Treasury of Avicenna” hamda “Good Fruits” milliy brendlari (Buxoro viloyati);
- “Bukhara Cotton Textile” MChJ – “BCT DENIM DEVISION” milliy brendi (Buxoro viloyati);
- “Agricultural Eksports Development” MChJ – “GOLDEN BEANS” milliy brendi (Buxoro viloyati);
- “Aziya Fruits Garden” MChJ QK (Buxoro viloyati);
- “Art soft holding” MChJ – “Art soft holding” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Nafis tex group” MChJ – “Nafis tex group” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Asror tekstil sanoat” MChJ – “D.Maretti” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Ideal Tekstil Orzu” MChJ – “Ideal” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Lyuks plus servis” MChJ – “Vakkoni” milliy brendi (Namangan viloyati);
- “Agro Eksim Gold” MChJ (Qoraqalpogʼiston Respublikasi);
- “Daka Teks” MChJ – “Daka Tex” milliy brendi (Samarqand viloyati);
- “Sardoba Tekstil” – “Sardoba Tekstil” milliy brendi MChJ (Sirdaryo viloyati);
- “Sarbonteks” MChJ QK (Sirdaryo viloyati);
- “UZ-Segang” MChJ QK – “UZ-Segang” milliy brendi (Fargʼona viloyati);
- “Yaskanamu Future” MChJ – “YSK” milliy brendi (Toshkent shahri);
- “CRAFERS” MChJ – “CRAFERS” milliy brendi (Toshkent shahri).
Mazkur virtual koʼrgazma doirasida respublikamiz tadbirkorlik subyektlarining milliy brendlarini Yaponiyadagi salohiyatli xaridorlar, tijorat kompaniyalari va isteʼmolchilar eʼtiborini qozonish, yapon bozoriga milliy mahsulotlarni kirishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda Oʼzbekistonda milliy brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Yaponiyada oʼz xaridorlariga ega boʼlishlari uchun imkoniyatlar yaratib berish koʼzlanmoqda.
11.02.2021
18:25