Diqqat e'lon!
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga Rossiyaning “Prodgrupp” kompaniyasi murojaat qilib, respublikamizga oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha maxalliy tadbirkorlik sub'ektlari bilan xamkorlik aloqalarini o‘rnatishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Shu munosabat bilan ushbu korxona bilan hamkorlik qilish istagidagi mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o‘z takliflarini (rus tilida) 2021 yil 31 martga qadar Palataning sh.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palata ma'sul xodimi Usmanov Shaxzodga +99878 150-60-06 (ichki 1849) telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
24.03.2021
19:23