Surxondaryoda infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi
Surxondaryodada infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m ajratiladi. Bu xaqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Surxondryoga tashrifi davomida ma'lum qildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatidagi o‘sish ko‘rsatkichlarini sanab o‘tdi. "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarish, tibbiy turizm mintaqa iqtisodiyotining o‘sishini ta'minlaydi", dedi Shavkat Mirziyoev.
Prezident to‘rtta tumandagi yangi korxonalarni soliqlardan ozod qilishni taklif qildi. Xususan, 2024 yil 1 yanvargacha Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlaridagi yangi korxonalarni bo‘shatishni taklif qildi.
Ular yer, mol-mulk solig‘i, kichik biznes sub'ektlarining aylanma solig‘i, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yagona daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.
Manbaa: uzdaily
02.06.2021
14:20