
O‘zbekiston SSP delegatsiyasining Berlin SSP (IHK) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 18 aprel kuni Oʻzbekiston SSP delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Saksoniya iqtisodiyoti taʼlim markazi (BSW) loyihasi boʻyicha Berlinga (Germaniya) tashrifi doirasida Berlin Savdo-sanoat palatasi (IHK) vakillari bilan uchrashuv uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad Berlin Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, dual taʼlim boʻyicha tajriba orttirish, hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini koʻrib chiqishdan iborat.
Uchrashuvda germaniyalik hamkasblar Berlin Savdo-sanoat palatasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, xususan, taʼlim, iqtisodiyot, siyosat, kommunikatsiyalar va marketing boʻyicha taqdimot o'tkazdi.
Ta'kidlash joizki, Berlin Savdo-sanoat palatasi shahardagi barcha tijorat korxonalari manfaatlarini ifodalaydi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha, Berlin Savdo-sanoat palatasi vakillari boshchiligidagi Germaniya ishbilarmon doiralarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
SSP matbuot xizmati
19.04.2023
14:07