SSP raisi va Ruminiya elchisi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 19 aprel kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov va Ruminiyaning Favqulodda va muxtor elchisi D.Chiobanu oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni bugungi holatini, shuningdek, Oʻzbekiston va Ruminiya oʻrtasidagi turli sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida tashriflar, biznes-forumlar, B2B muzokaralar, koʻrgazma va yarmarkalar tashkil etish orqali o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida kelgusida Ruminiya Savdo-sanoat palatasi ishtirokidagi Ruminiya delegatsiyasining O’zbekistonga tashrifini muhokama qilishga kelishib oldi. SSP raisi Ruminiya ishbilarmon doiralarini yurtimizga tashrifini tashkil etishga koʻmak berishi to’g’risida ta’kidladi.
SSP matbuot xizmati
20.04.2023
12:06