O‘zbekistonlik tadbirkorlar Xitoyning LONGi kompaniyasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun Sian shahridagi “LONGi” zavodiga info-tur tashkil etildi.
LONGi Green Energy Technology Company Limited — Xitoyning fotovoltaik kompaniyasi bo'lib, dunyodagi eng yirik kremniy gofretlari, fotovoltaik elementlar va quyosh modullarini ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
Info-tur doirasida ishtirokchilar zavodga tashrif buyurib, ekskursiya davomida barcha sexlarni aylanib chiqdi, to‘liq ishlab chiqarish zanjiri bilan tanishib, shuningdek, zavod rahbariyati bilan muzokaralar davomida quyosh panellarini yetkazib berish, ulardan foydalanish va ishlab chiqarish xususiyatlariga oid savollarga javob oldi.
Tashrif natijasida aloqalar o'rnatilib, o'zaro manfaatli hamkorlik yo'lga qo'yildi.
SSP matbuot xizmati
18.05.2023
16:49