Farg'onada Rossiyaning "Wildberries" kompaniyasi vakili bilan muzokaralar oʼtkazildi
«Farg'ona vodiysi yengil sanoati» III forumi va koʼrgazmasi doirasida Savdo-sanoat palatasi Fargʼona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Rossiyaning "Wildberries" kompaniyasi vakili Gubanov Maksim bilan muzokaralar oʼtkazildi.
Uchrashuv davomida Savdo-sanoat palatasi Fargʼona viloyati hududiy boshqarmasi koʼmagida Uchkoʼprik tumanidagi "Boboshbek" ishlab-chiqarish-logistika va savdo majmuasi hududida "Wildberries" logistika markazi uchun 3200 m2 ombor binosini ajratib berish boʼyicha kelishuvga erishildi. Ish jarayonini tashkil etish joriy oyning kelgusi haftasiga rejalashtirildi.
Wildberries — kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, bolalar va boshqa turdagi tovarlarning xalqaro onlayn-doʼkoni.
SSP matbuot xizmati
24.05.2023
10:37