O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 29 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan Eron Savdo-sanoat, tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi palatasi vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani haqida ta’kidladi. Qolaversa, tomonlar ikki Palata faoliyati bilan ham tanishib, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan biznes vakillari uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlarni muhokama qildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya doirasida qabul qilinishi rejalashtirilgan ikki davlat palatalari to‘g‘risidagi Protokolning bandlarini muhokama qilindi. Xususan, tomonlar ikki davlat Arbitraj markazlari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Memorandum tafsilotlarini yana batafsil muhokama qilishga, shuningdek, Ishbilarmonlar qo’mitasi yig‘ilishini tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.
SSP matbuot xizmati
30.05.2023
15:04