Toshkentda O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13 sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Koreyaning Kichik va o‘rta biznes uchun texnologiyalar va axborotni ilgari surish agentligi (TIPA) vitse-prezidenti boshchiligidagi 11 ta Koreya kompaniyasi ishtirok etdi.
Biznes-forumda Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Saidkomil Saidnazirxonov hamda respublikamizning farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, qurilish kabi sohalarining 30 dan ortiq yirik tadbirkorlari ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi a'zolari va Koreyaning yetakchi korxonalari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha qator shartnomalar imzoladi. Shuningdek, biznes-forum doirasida Palata aʼzolari va Koreya ishbilarmon doiralari oʻrtasida B2B formatida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.
SSP Matbuot xizmati
14.09.2023
11:29