• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    O'zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni

    Germaniya Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi doktor Folker Trayer boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasining yurtimizga tashrifi doirasida joriy yilning 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni”ga bag‘ishlab, O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi. 

        

    Tadbirlarga boy dastur davra suhbati bilan boshlandi. Ushbu tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

        

    Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari Badriddin Abidov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov, Germaniya Savdo-sanoat palatasi tashqi savdo bo‘yicha bosh ijrochi direktori, boshqaruvi kengash a’zosi Folker Trayer, Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligining tashqi savdoni moliyalashtirish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Gerlind Xekman, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Murod Mirzayev va Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner kirish so‘zi bilan ochdi. 

        

    O‘z qutlov nutqida spikerlar O‘zbekiston Germaniyani Yevropa Ittifoqining strategik hamkori deb bilishi hamda bugungi kunda ikkala tomon ham o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirayotganligigi ta’kidladilar. Shu bilan birga, yangi istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish orqali ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirish zarurligiga e’tibor qaratildi. 

        

    Ma’lumot uchun: so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonga kiritilgan Germaniya investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 2 milliard yevroni tashkil etdi. Shuningdek, hozirgi paytda Germaniya hamkorlari bilan birga qiymati 10 milliarddan ortiq bo‘lgan 100 dan ko‘proq qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

    So‘nggi 6 yil ichida O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni qariyb 3 barobar o‘sdi va bugungi kunda bu ko‘rsatkich 200 taga etdi. Joriy yilning 6 oyi davomida 17 ta qo‘shma korxona ishga tushirildi.

          

    Davra suhbatidan so‘ng B2G formatidagi uchrashuvlar va “O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni 2023” konferensiyasi tashkil qilindi.

        

    Konferensiyada Germaniya va O‘zbekiston biznes hamjamiyatining 300dan ortiq vakillari, investorlar, shuningdek, O‘zbekiston vazirliklari va idoralari rahbarlari va mutaxassislari qatnashdilar.

        

    Konferensiya dasturiga “O‘zbekistonda nemis dual ta’lim tizimi: imkoniyatlar va istiqbollar” va “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi energetika sohasini o‘zgartirish borasida hamkorlik” mavzularidagi panel munozaralari kiritildi.

        

    Konferensiya ishtirokchilari ta’kidlashicha bu kabi yirik xalqaro tadbirlar ishbilarmonlik aloqalarini yanada kengaytirish, ikki tomonlama savdoni rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalari va tashabbuslarini ilgari surish istiqbollari va imkoniyatlarini aniqlash, umuman, har ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

    SSP Matbuot xizmati

    14.09.2023

    16:24

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06