Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Savdo-sanoat palatalari rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 14 sentyabr kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar investitsiya va iqtisodiyot vazirliklari rahbarlari yig‘ilishi doirasida tashkilotga a’zo mamlakatlar Savdo-sanoat palatalari rahbarlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov boshchiligidagi mamlakatimizning 30 nafar tadbirkorlaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida bo‘lib o‘tgan В2В uchrashuvlarda ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va faoliyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Tadbir doirasida Islom Jasimov tomonidan mamlakatimizda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan, oziq-ovqat sanoati, rangli metallurgiya hamda to‘qimachilik sanoati sohalaridagi turkiyalik investorlarning qabuli ham tashkillashtirildi.
Ushbu qabulda biznes vakillarining O‘zbekistonda o‘z biznesini rivojlantirish va qo‘shimcha investitsiya kiritish imkoniyat va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
SSP Matbuot xizmati
18.09.2023
09:12