Germaniya delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrif buyurdi
Habaringiz bor, Germaniya Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi F.Trayer boshchiligidagi Germaniya Federativ Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Joriy yilning 16 sentyabr kuni delegatsiya a’zolari Samarqandga tashrif buyurdi. Tashrif davomida shahar hokimi bilan uchrashuv tashkil etilib, shaharning tarixiy merosi namoyish etildi.
Ushbu uchrashuvda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov, Germaniya Savdo-sanoat palatasi ijrochi direktori F.Trayer, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari J.Urakov, shuningdek, Germaniyaning hududiy palatalari va idoralari rahbarlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda Samarqand va Gamburg shaharlari o‘rtasida qardoshlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida Bitim imzolash masalalari muhokama qilindi.
SSP Matbuot xizmati
18.09.2023
09:39