O‘sh shahrida “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi o'z ishini boshladi
2023-yilning 18-20-sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahrida “Janubiy Ekspo-2023” navbatdagi Xalqaro universal ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda, unda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.
“Janubiy Ekspo-2023” xalqaro universal ko‘rgazma-yarmarkasi har yili o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib, u turli mamlakatlar tadbirkorlarini birlashtiradi hamda muloqot va hamkorlik uchun ajoyib platforma hisoblanadi.
Ko'rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jamshed Urakov so‘zga chiqdi. Ta’kidlash joizki, ko‘rgazmada O‘zbekiston sanoatining turli sohalariga oid 40 dan ortiq kompaniyalarning stendlari o‘rin olgan.
SSP Matbuot xizmati
19.09.2023
15:37