Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Qosimaliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalari hamda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha strategik qadamlar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
SSP Matbuot xizmati
19.09.2023
16:12