"O‘zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati
Joriy yil 24-oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida "O‘zbekiston – 2030" strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Xudoyberdi Shukurov, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi bo‘lim boshlig‘i Furqat Yunusov, Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va xodimlari, shuningdek onlayn tarzda viloyatdagi 14 ta hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda F.Yunusov tomonidan joriy yil 11-sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident PF-158-son farmoni mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi taqdimoti tinglandi.
Shuningdek, raisning birinchi o'rinbosari I.Jasimov Strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Prezidentimizning PQ-300-son qarorida 2023-yilda bajariladigan 18 ta vazifa va 13 ta maqsadli ko‘rsatkichlarga alohida to'xtalib o'tdi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida jami 100 ta maqsad, 369 ta chora-tadbir, 190 ta vazifa, 306 ta maqsadli ko‘rsatkich bajarilishi va bu borada 118 ta normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zaro muloqot va fikr almashish ruhida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
SSP matbuot xizmati
24.10.2023
17:49