MUKOFOT MURORAK!
Mamlakatimizda turli sohalarda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan, yosh kadrlarni tayyorlashda xizmat ko‘rsatgan ustoz-murabbiylarni “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash an’anaga aylangan.
Bugun Savdo-sanoat palatasi xodimi, uzoq yillar fidokorona faoliyat olib borgan Anvar Begijanovich Xalikov II-darajali “Mexnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Anvar Хalikov o‘zini faoliyati davomida kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlab, jamiyatimizda hurmat qozongan insonlardan biridir.
"Har kim keksayganda umr bo‘yi qilgan mehnatlari rohatini ko‘rsin ekan, kishining ko‘ngli ko‘tarilib, ruhi tetiklasharkan. Yurtimizda biz, nuroniylarga bo‘layotgan mana shunday e‘tibordan behad mamnunmiz" - deydi Anvar Хalikov.
SSP matbuot xizmati
30.10.2023
10:51