Turkiya Respublikasi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv
30-oktyabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sanoatchilari uyushmasi boshqaruv kengashi raisi T.F.Koja boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Yurtimizga tashrifdan asosiy maqsad O‘zbekiston va Turkiyaning Aydin viloyati o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, xususan O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatidagi salohiyati bilan tanishib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdan iborat.
Raisning birinchi o'rinbosari Islom Jasimov delegatsiya a’zolariga mamlakatimizga tashrifi va O‘zbekiston tadbirkorlari bilan hamkorlikka qiziqish bildirgani uchun minnatdorlik bildirdi hamda Savdo-sanoat palatasi ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda ko'mak berishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Tashrif davomida delegatsiyaning Samarqand va Xorazm viloyatlariga tashrifi rejalashtirilmoqda.
SSP matbuot xizmati
31.10.2023
09:47