Saksoniya federal yeri biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv
31-oktyabr kuni Savdo-sanoat palatasida Germaniyaning Saksoniya federal yeri biznes delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida delegatsiya a’zolari hamda hamda yurtimizdagi manfaatdor korxona vakillari o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad, ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashish, shuningdek, ishbilarmonlik aloqalarini yanada kengaytirishdan iborat.
Uchrashuv davomida delegatsiya a'zolari tomonidan Germaniya iqtisodiyoti, investitsiya muhiti, sanoatiga bag'ishlangan taqdimotlar namoyish etildi. Yurtimizning kon-metallurgiya hamda avtosanoat korxonalari tomonidan ularning ishlab chiqarish korxonalardagi mehnat sharoiti, texnologiyalariga qiziqish bildirilib o'tildi. Shu tariqa uchrashuv ikki mamlakat tomonidan qizg'in muzokaralar bilan davom etdi.
Tashkil etilgan ushbu davra suhbati ikki davlat korxonalari o'rtasida o'zaro tajriba almashish bo'yicha kelishuvlar bilan yakunlandi.
SSP matbuot xizmati
01.11.2023
16:58