Turkiya-Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uyushmasi bilan uchrashuv
Joriy yil 1-noyabr kuni Turkiya-Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uyushmasi boshqaruv kengashi raisi Ixsan Besher bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari, jumladan, elektron tijorat sohasida hamkorlik, oziq-ovqat, quritilgan meva-sabzavot, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shuningdek, Raisning birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov mehmonlarni Savdo-sanoat palatasi faoliyati, mamlakatimizda xususiy sektorni faol rivojlantirish va uning rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan tanishdilar.
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimiz uchun birday manfaatli ekanligi ta’kidlandi.
SSP matbuot xizmati
02.11.2023
13:01