Korfez savdo palatasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Respublikasi Korfez savdo palatasi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Turkiya Respublikasidan temir mahsulotlarini yetkazib berish muhokama qilish jarayonida raisning birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov mamlakatimiz sanoat yo'nalishlariga investitsiya kiritish hamda O'zbekistondan Turkiyaga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazib berish taklifini ilgari surdi.
Shuningdek, muloqotda ishtirok etgan delegatsiya vakillari oʻzlarining qiziqtirgan savollariga ham javob olishdi.
Uchrashuv yakunlari bo'yicha Turkiya Respublikasi Korfez savdo palatasi va Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasidan Korfez shahriga ishbilarmonlar delegatsiyasi tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.
SSP matbuot xizmati
06.11.2023
09:50