"Yashil makon" loyihasi doirasida biz ham faol
Ma'lumki, Prezidentimiz tomonidan 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha, "Yashil makon" loyihasi doirasida "Kuzgi daraxt ekish mavsumi" deb eʼlon qilingan edi.
Ushbu loyihada Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari ham faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, ular tomonidan turli xil mevali va manzarali ko'chatlar yerlarga o'tqazilib hamda obodonlashtirish-ko'kalamzorlashtirish ishlarini olib borib mazkur loyihaga o'z hissalarini qo'shmoqdalar.
Bu mavsumda 85 million tup ko‘chat o‘tqazilishi mo‘ljallangan.
SSV matbuot xizmati
07.11.2023
10:40