Chen Yun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi
Joriy yilning 15-noyabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ninsya-Xuey avtonom rayoni Xalq siyosiy maslahatlashuv kengashi raisi Chen Yun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari, O‘zbekiston va Xitoy ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkam aloqalarni o‘rnatish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida muzokaralar olib borildi hamda ikki tashkilotning faoliyati tanishtirildi.
Suhbat yakunida Savdo-sanoat palatasi rais o'rinbosari v.b Umid Safarov O'zbekiston-Xitoy hamkorlik doirasini kengaytirish va ikkala davlat o'rtasidagi tadbirkorlik, import-eksport masalalarida yanada mustahkam aloqa o'rnatishda hamfikr ekanini bildirib o'tdi.
SSP matbuot xizmati
16.11.2023
12:18