Respublika “Hunarmand” uyushmasining VI Konferensiyasi bo'lib o'tdi
Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining VI Konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Konferensiyada hukumat vakillari, vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, hududlardan saylangan delegatlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirning kun tartibidan Respublika “Hunarmand” uyushmasining so‘ngi besh yillikda erishgan natijalari va istiqboldagi rejalari kabi masalalar o‘rin oldi.
Tadbirda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimov so'zga chiqib, uyushma tomonidan erishilgan yutuqlar va oldinda turgan hali bir qancha vazifalar borligini ta'kidlab, uyushmaning keyingi ishlariga muvaffaqiyat tiladi.
Shuningdek, konferensiyada hunarmandchilik va xalq amaliy san’atini saqlash hamda rivojlantirishga qaratilgan Respublika “Hunarmand” uyushmasining ustuvor vazifalari belgilab olindi.
SSP matbuot xizmati
16.11.2023
16:08