O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi
Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi Shandun viloyati Jining shari ishbilarmon doiralari va O‘zbekiston tadbirkorlari ishtirokida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi va B2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad istiqbolli sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish va eksport-import yetkazib berishni ko‘paytirish orqali O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Ushbu forumda 15 nafar Xitoy va 80 dan ortiq O‘zbekiston kompaniya vakillari, xususan, yengil sanoat, mashinasozlik va qurilish sanoati sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalar ishtirok etdi.
Forumda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari v.b. Umid Safarov kirish so'zi bilan ishtirok etdi hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi, O'zbekiston eksportchilar uyushmasi, O'zbekiston Oziq-ovqat sanoati, Iqtisodiyot Assambleyasi tomondan o'zbekiston investitsiya salohiyatini oshirishga qaratilgan taqdimotlar qilindi.
SSP matbuot xizmati
22.11.2023
09:34