Savdo-sanoat palatasi yangi qaror loyihasini e’lon qildi
Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yashil" iqtisodiyotni rivojlantirishga yo'naltirilgan xususiy ta'lim va konsalting xizmatlarini kichik grant ajratish orqali qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qildi.
Grant miqdori 100 million so‘mgacha bo‘ladi. Mablag‘larni ajratish bilan Savdo-sanoat palatasi qoshidagi maxsus tuzilma shug‘ullanadi.
Hujjat muhokamasi QHTBT portalida - https://regulation.gov.uz/oz/d/90789 30 dekabrga qadar davom etadi.
SSP matbuot xizmati
20.12.2023
12:05