Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligida bo‘ldi.
Tashrif doirasida Hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi va ikki biznes vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi, Energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon Al Saud, investitsiya vaziri Holid Al-Falix hamda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muhokamalar chog‘ida “yashil energetika”ni rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasini oshirish maqsadida elektron tijoratni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, transport, avia qatnovlar, sog‘liqni saqlash, raqamli texnologiyalar va investitsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o’tamiz, tashrif doirasida 21 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov ishtirokida O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
SSP matbuot xizmati
25.12.2023
12:48