Anhui Coronet Tech. Co., LTD. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
Joriy yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xitoy Xalq Respublikasining Anhui Coronet Tech. Co., LTD. kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvdan maqsad O‘zbekiston Respublikasiga avtosanoat sohasi bo‘yicha investitsiya kiritish, asosan elektromobil ishlab chiqarib, ichki bozorga va O‘rta Osiyo davlatlariga eksport qilish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi va bu borada muzokaralar olib borildi.
Ta'kidlanishicha, loyihaning birinchi bosqichida 7 mln AQSH dollar miqdorida mablag' to'plash va ishlab chiqish sexlarini qurishga sarflanishi, keyingi bosqichlarda esa tegishli uskunalarni olib kelib o‘rnatilishi hamda loyiha yakuni bo‘yicha 30 mln AQSH dollari sarflanib 700 dan ortiq ish o'rni shakllanishi, shundan 650 ish o‘rnini hududiy aholi hisobiga to‘ldirish rejalashtirilganligi bildirildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari v.b Umidbek Safarov yuqoridagi taklifga ko'ra, hozirgi kunda Xorazm viloyatidagi erkin iqtisodiy zonadan foydalanish imkoni mavjudligi, shuningdek, Xorazm viloyati hokimligi bilan uchrashuv tashkillashtirishda ko’mak berilishi aytib oʻtildi.
Uchrashuv yakunida esa tegishli kelishuv hujjat loyihalari hamda biznes reja bilan tanishib xulosa berilishi ta'kidlandi va O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi har tomonlama hamkorllikka tayyorligi ma'lum qilindi.
SSP matbuot xizmati
27.12.2023
15:33