Yil sarhisobi: Tashqi iqtisodiy faoliyat
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2023-yil davomida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida amalga oshirilgan ishlar:
Elchixonalar, xorijiy kompaniya vakillari va ishbilarmonlari bilan har tomonlama aloqalarni o'rnatish va mustahkamlash maqsadida 178 ta uchravushlar o‘tkazildi.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan 45 ta biznes forum va B2B uchrashuvlarda 12 mingdan ziyod mahalliy va chet ellik tadbirkorlar ishtirok etdi.
Xorijiy mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, Misr, Ozarbayjon, Qirg'iziston, Rossiya, Singapur, Turkiya, Vengriya, Xitoy, Chexiya va boshqalar) tashkil qilingan 35 ta biznes forum va B2B uchrashuvlarda 1 500 nafardan ortiq mahalliy tadbirkorlarning ishtiroki taʼminlandi.
Palata tomonidan xorijiy tashkilotlar bilan 16 ta o‘zaro anglashinuv memorandumlar va hamkorlik shartnomalari imzolandi.
O'zbekiston-Singapur Savdo palatasi tashkil etildi.
Gamburg shahrida O‘zbekiston-Germaniya Iqtisodiy palatasi tashkil etildi.
Vengriyaning Budapesht shahrida O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakolatxonasi ochildi.
O'zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi qoshida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan doimiy faoliyat olib borayotgan shourum tashkil etildi.
Gruziya, Misr va Qatar davlatlari bilan Ishbilarmonlar kengashi tuzildi.
Qirg'iziston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Rossiya, Turkmaniston, Belorussiya, Saudiya Arabiston davlatlari bilan Ishbilarmonlar kengashining yig'ilishlari o'tkazildi.
SSP matbuot xizmati
06.01.2024
15:34