"Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Karmana tumanidagi 5-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 10-11-sinf o'quvchilari ishtirokida "Tadbirkor va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Navoiy viloyati filiali va Yoshlar ishlari agentligi hamda "EASY" o'quv markaz rahbari G'olibjon Bo'riyev ishtirok etib, yoshlarga o'zlarining tajribalari va hozirgi kunda tadbirkorlik borasida erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, bu kabi uchrashuvlar ko'proq tashkil etilishidan mamnun ekanliklarini ta'kidlab o'tishdi.
SSP matbuot xizmati
17.01.2024
12:10