Umumiy ma'lumotlar
Hurmatli tadbirkorlar!
Sizni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining saytida olqishlash biz uchun ulkan sharaf.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasida maqsadga yo‘naltirilgan, chuqur o‘ylangan siyosat yuritilib, uning asosiy ustuvorligi mulkdorlar sinfini shakllantirish, har qanday bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi kuch sanalgan xususiy sektorni samarali va jadal rivojlantirish uchun maksimal qulay sharoitlar yaratishdan iborat.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi muhim ahamiyat kasb etadi. Palata kichik, o'rta, ham yirik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jadal faoliyat olib boradi.
Fahr bilan qayd etishni istardikki, a’zolarimiz orasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «AsakaBank» aktsiyadorlik tijorat banki, «O‘ZSANOATQURILIShBANK» OATB, «Agrobank» OATB, «Kapitalbank» OATB, «Qishloqqurilishbank» OATB, «Ipak Yo‘li» bank, «Dori Darmon» AK, «Doyche Kabelь» va «Alutex» MChJ, «Nestle» MChJ qo‘shma korxonalari, Respublika Universal Agrosanoat Birjasi, «E’tiqod» MChJ, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zsanoatmashimpeks» DAK, «O‘zmarkazimpeks» DATK, «O‘zagrosug‘urta» OAJ, «Ipak Yo‘li Turizm Invest» MChJ QK, «Qishloq qurilish invest» XK va rivojlanish hamda mukammallikka intilayotgan boshqa kompaniyalar mavjud.
Mamnuniyat bilan aytish joizki, Savdo-sanoat palatasining saflari kundan-kunga kengayib, bu a’zolarimiz oldidagi mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Bugun Palata ishbilarmonlik hamjamiyati vakillari va chet ellik investorlar istalgan vaqt O‘zbekistonning istalgan nuqtasida Palata va uning bo‘linmalari mutaxassislarining tezkor, savodli yordamiga ega bo‘lishi uchun taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va sifatini oshirish ustida jadal ish olib bormoqda.
Savdo-sanoat palatasining sayti Palataning o‘z a’zolari – tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, xorijiy hamkorlari bilan muntazam aloqani qo‘llab-quvvatlab turish vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. Bu yerda Siz tadbirkorlik faoliyatining turli jihatlariga tegishli har qanday savol berishingiz, respublika va xorijdagi biznes-sohada yuz berayotgan so‘nggi voqealar bilan tanishish, tadbirkorlik sohasidagi qonuniy-me’yoriy hujjatlar haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Umid qilamizki, Siz bu yerda kelgusi ishlaringiz uchun foyda keltiradigan ko‘plab qiziq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.
Xulosa o‘rnida saytimizning barcha tashrif buyuruvchilariga salomatlik, osoyishtalik va bizneslarida omad tilab qolamiz. Biz doim Siz bilanmiz.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Quyidagi maqsadlar uchun yaratilgan:
- tadbirkorlik tashabbusini amalga oshirish uchun qulay huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlarni ta'minlash;
- biznes hamjamiyati hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va boshqa organlar va tashkilotlar o'rtasida o'zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish;
- tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;
- ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilashga har tomonlama ko'maklashish;
- tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini barcha choralar bilan qo'llab-quvvatlash.
- tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlash, ayniqsa, o'z faoliyatini yo'lga qo'yishi davrida qo'llab-quvvatlash tizimini shakllantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning rivojlanishiga, ularning ustuvorlik rolini, shuningdek daxlsizligini ta'minlashga, mamlakat aholisini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga barcha choralar bilan ko'maklashish;
- tadbirkorlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlari normalarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqish, tadbirkorlik sub'ektlarining ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning jamoatchilik ekspertizasini tashkil etish va ularning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonlariga jalb etish;
- tadbirkorlik sub'ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish hamda rivojlantirishda yordam ko'rsatish, davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek bozor infratuzilmasi sub'ektlarining barcha turdagi xizmatlaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish va imkoniyat berish, maslahat yordami ko'rsatish hamda axborot bilan ta'minlash;
- davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, shuningdek bank-moliya tashkilotlari va bozor infratuzilmasining boshqa sub'ektlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
- tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi sifatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini inobatga olgan holda yo'nalishlar va ixtisosliklar bo'yicha o'quv dasturlarini va ta'limni takomillashtirish;
- O'zbekiston Respublikasining tadbirkorlik sub'ektlarini xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyatiga integratsiyalash, ular mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqarilishini ta'minlashda ko'maklashish, milliy brendlarni xorijda ilgari surish, investitsiyalarni, shu jumladan chet el investitsiyalarini, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb etish;
Palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAVDO-SANOAT PALATASINING 2022 YIL FAOLIYATI TO'G'RISIDAGI MA'LUMOT
SSPning 2022-yil faoliyati to'g'risidagi ma'lumot (pdf )
Daromad va
imkoniyatlar
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang
O'tish