O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlik subektlariga mini-texnologiya
va asbob-uskunalarni izlash va jalb etishda ko‘mak berib kelmoqda.
Bunda Savdo-sanoat palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik subektlari quyida taqdim etilgan ariza
shaklini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi va mazkur ariza Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy
investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun kelib tushadi.
Talab qilinayotgan asbob-uskuna va texnologiyalarni Palata tomonidan izlab topish xizmatini osonlashtirish maqsadida
arizada so‘ralgan ma’lumotlar iloji boricha to‘liq kiritilishi lozim.
Savdo-sanoat palatasi talab qilingan asbob-uskuna va texnologiyalar to‘g‘risidagi so‘rov xatini tegishli sanoat tarmog‘i
bo‘yicha xorijiy va mahalliy asbob-uskuna va texnologiyalarni etkazib beruvchi korxonalarga yuborishni tashkil etadi.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb
etish bo‘limi arizani yuborgan tadbirkorlik subektlariga asbob-uskuna etkazib beruvchi korxonalarning aloqa ma’lumotlarini
taqdim etadi.
So‘ralayotgan asbob-uskuna yoki texnologiyaning murakkabligi va soniga yoki talab qilingan asbob-uskunani etkazib beruvchi
korxonaning mavjudligiga qarab tadbirkorlik subektlarining talabnomalari 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda ko‘rib chiqilishi
mumkin.