Toshkent
2016-12-29
«Faoliyatini endigina boshlagan tadbirkorlar uchun bepul 1UZ dasturiy ta'minoti»ning taqdimoti
O'zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar» dasturi doirasida joriy yilning 29 dekabr kuni soat 10-00 da O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida«Faoliyatini endigina boshlagan tadbirkorlar uchun bepul 1UZ dasturiy ta'minoti»ning taqdimoti rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad yosh tadbirkorlarning ish faoliyatida buxgalterlik xisobini yuritish, soliq, statistika va boshqa hisobotlarning topshirilishiga oid muammolarni o'rganish, shuningdek, ularni masofadan turib «1UZ buxgalterlik hisobi» bepul dasturi yordamida bartaraf etish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur tadbirning ahamiyatli tomoni shundaki, mamlakatimizda 2017 yilning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan O'zbekiston Cavdo-sanoat palatasi va “BeProNorma” dasturlovchilar markazi tomonidan faoliyatini endigina boshlagan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik vakillari buxgalterlik xisobini yuritishda xatolarga yo'l ko'ymaslik hamda soliq, statistika va boshqa hisobotlarni o'z vaqtida topshirishlari uchun «1UZ buxgalterlik hisobi» dasturi bepultaqdim etiladi.
Tadbirda vazirlik, idoralar va mutasaddi tashkilot vakillari, shuningdek faoliyatini endigina boshlagan yosh tadbirkorlar ishtirok etadilar.
Tadbir o'tkazilish joyi: 29.12.16, soat 10-00 da, O'zSSP binosi