Savdo-sanoat Palatasi
2021-03-03
«Palata Eksport» Unitar korxonasi tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha tovar ekspertizasi sohasida xizmatlarni taklif etadi
“Palata Eksport” Unitar korxonasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshida 2008 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tadbirkorlik sub'ektlari uchun tovarlarni ekspertiza qilish borasida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: - amaldagi qonunchilik bo‘yicha bojxona to‘lovlari summasini to‘g‘ri hisoblash, tashqi savdo operatsiyalarida qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalarni to‘g‘ri qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni TIF TN kodini aniqlash va tasdiqlash yuzasidan ekspert xulosalarini taqdim etish; - tashqi savdo shartnomalariga muvofiq tovarlarni yuklash va tushirishda mustaqil ekspertizani kafolatlash maqsadida eksport va import qilinadigan tovarlar, xom-ashyo va asbob-uskunalarni soni, sifati va to‘liqligi bo‘yicha ekspert xulosalari berish; - O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan mahsulotlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq majburiy tartibda sertifikatlanadigan tovarlar turkumiga kirishini aniqlash bo‘yicha xulosalar taqdim etadi. “Palata Eksport” UK tomonidan rasmiylashtirib beriladigan ekspertiza aktlari tovarni o‘rganish o‘tkazilayotgan vaqtda eksport-import operatsiyalari bo‘yicha jo‘natilayotgan yoki qabul qilinayotgan yuklarning tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq miqdori, sifati va to‘liqligi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida baxsli nizolar yuzaga kelganda, shu jumladan sud instansiyalarida isbotlovchi hujjat bo‘lib xizmat qiladi. “Palata Eksport” UK tovar ekspertizasida tovarlar, asbob-uskuna va texnologiyalar eksporti -importida sifat, son jihatidan hamda to‘liqligi bo‘yicha baholash xizmatlarini ko‘rsata oladigan ko‘p yillik tajribaga ega malkali ekspertlar faoliyat olib boradilar. Tovar ekspertizasiga oid xizmatlar bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot olish uchun “Palata Eksport” Unitar korxonasining ekspertlari Ambarsumova Anjella Jo‘rjevnaga +99890 185-32-14 va Saidmuratova Dilora Rustoevnaga +99890 185-85-30 murojaat qilishingiz mumkin.