my.gov.uz portali orqali tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun elektron tarzda yuborilgan arizalar soni haqida ma’lumot
Tadbirkorlik sub’ektlarini elektron tarzda davlat ruyxatidan o‘tkazish tizimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilning 25 noyabr kunidagi 312-sonli Qarori qabul kilingan edi.
Bugungi kunga kadar, ya’ni 2016 yilning 1 dekabr holatiga, my.gov.uz portali orqali tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun elektron tarzda yuborilgan arizalar soni 73 827 taga etdi.
Ma’lumot o‘rnida:
· Elektron tarzda berilgan arizalar soni - 73 827ta;
· Arizasi kabul kilinib, guvoxnoma berilganlar soni - 72 305 ta;
· Inspektsiyaga ariza tushgan, ammo inspektsiya xali ochib kurmaganlari soni - 4 ta;
· Ariza inspektsiyada kurib chikilayotganlari soni - 51 ta;
· Kamchiliklari borligi sababli inspektsiya tomonidan bekor kilingan arizalar soni - 1 467 ta.
O'z SSP Matbuot xizmati
06.12.2016
10:26