• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Palata rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

    Joriy yilning 24 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan Milliy matbuot markazida “Tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishning yangi tartib tamoyillari: tajriba, amaliyot va muammo” mavzuidagi matbuot anjumani o‘tkazilgan bo‘lib, unda 40 dan ortiq OAV vakillari hamda O‘zSSP rahbarlari ishtirok etdilar.

    Respublikamizda kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun maksimal darajada qulay sharoitlarni yaratish, xususiy mulk muhofazasi va dahlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiyaviy iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda hususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligi muhofazasini ta’minlab beradigan mustahkam qonuniy baza, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olishga qaratilgan ishonchli huquqiy kafolatlar ishlab chiqilgan. Hozirda mamlakatda 600 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritmoqda. Xususan, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 56%dan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikadagi 78%dan ziyod mehnatga layoqatli aholining bandligini ta’minlamoqda.

    Matbuot-anjumanida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyunda qabul qilingan Farmoni va Qarorida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofazasi kafolatlarining kuchaytirilishini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, ularga biznesni tashkil qilish va yuritishda har tomonlama ko‘mak berish, sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish, biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha tadbirkorlar bilan axborot almashishning samarali kanalini joriy etish, shuningdek, mamlakatimizda xususiy mulk va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, chet el investitsiyalarini keng jalb qilish va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga imkon yaratdi.

    O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan qisqa fursat ichida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, huquqlari va qonuniy manfaatlarining ishonchli himoyasi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish sohasida:

    Savdo-sanoat palatasi tomonidan ikki oy davomida jami bo‘lib 150 ta hujjat, xususan: qonunlar loyihalari (23), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari (21), hukumat qarorlari loyihalari (56) va boshqa hujjatlar (50).

    SSP mutaxassislari Respublika nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlangan 833 ta tekshiruvning 653 tasida ishtirok etib monitoring o‘tkazdilar. Shuningdek, Palata xodimlari rejadan tashqari tekshiruvlarda ishtirok etgan bo‘lib, avgust oyida noqonuniy tekshiruv holati aniqlanib, bartaraf etildi.

    Tadbirkorlik sub’ektlarining manfaatlari himoyasi bo‘yicha murojaatlarning ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha SSP tomonidan sudlarga 13,654 ta shikoyat arizasi taqdim etilgan.

    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta hakamlik sudlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida da’vo summasi 21,9 mlrd. so‘m bo‘lgan 708 ta ishlar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2016 yilning shu davriga nisbatan 146 ta va summasi 3,7 mlrd so‘mga ko‘pdir.

    Ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash sohasida:

     Tadbirkorlik sub’ektlarini ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish jarayonlariga keng jalb qilish maqsadida SSP qoshida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, ekspert kengashlari tashkil etildi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatining huquqiy masalalari bo‘yicha 8 ta ekspert kengashi ish boshlagan bo‘lib, natijada 5 ta xulosa taqdim etilib, tegishli tashkilotlarga yuborildi.

    Bundan tashqari, muqobil energetika, AKT, TIF, transport, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, bank-moliya masalalari, savdo, qurilish, sanoat, innovatsiyalar, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, hududlarda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bo‘yicha xam ekspert kengashlari tashkil etildi.

    Tadbirkorlik sub’ektlariga biznesni tashkil etish, yuritish va yanada rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida, respublika bo‘ylab tadbirkorlik sub’ektlaridan kelib tushgan 6085 ta murojaatning 4852 tasi ko‘rib chiqildi. Yagona telefon xizmati liniyasi (Call-center) bo‘yicha 7 675 ta qo‘ng‘iroq qabul qilindi.

    Tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish sohasida:

    «O‘zbekiston biznes-forumi (III-faza)» loyihasi doirasida innovatsion tadbirkorlik joriy etilishini faol qo‘llab-quvvatlash, «startup»-loyihalar, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida «Start-Up» loyihalarni saralash bosqichlari o‘tkazildi. Oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalardan kelib tushgan 419 ta loyihadan 30 ta loyiha tanlab olinib, kelgusi ko‘rib chiqish uchun qayta yo‘naltirilgan.

    Yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish, ularga tizimli ko‘mak ko‘rsatish maqsadida, joriy yilning 12 avgustida O‘zbekiston Yoshlar uyushmasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.

    Shu bilan birga, iqtisodiyotning turli sohalarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun amaliy qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Xususan, kollej o‘quvchilari hamda hududiy kasb-hunar tayyorlash markazlarining tinglovchilari uchun “Biznes bilan tanishuv” kompleks modul o‘quv qo‘llanmalarining loyihasi ishlab chiqildi.

    2017 yilning iyulь-avgust oylari davomida Respublikada 300 ta tadbirkorlik sub’ekti Palata a’zoligiga jalb etilib, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha xizmatlar taqdim etilgan. Bugungi kunda SSP a’zolarining soni 30 000 ga yaqin tadbirkorni tashkil etadi.

    Davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik sohasida:

    Davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikning samarali tizimini va yuqori mobillik hamda samaradorlikka xizmat qiladigan yangi ish shakllarini joriy etish maqsadida, SSP zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha parlament, davlat, sud va huquqni muhofaza qilish organlari bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy Majlis Senati va Qonunchilik Palatasi, MB, TIV, TSV, OO‘MTV, DSQ, Investitsiya qo‘mitasi, Raqobat qo‘mitasi, Bosh prokuratura, “O‘zekspomarkaz” AJ va boshqalar bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandumni imzolash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Tijorat banklari tomonidan kreditlar taqdim etishdagi byurokratik to‘siqlar va ortiqcha qog‘ozbozlikni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.

    Hisobot davrida (iyunь-iyul) barcha hududiy bo‘linmalarga xizmat safar amalga oshirilib, hududiy bo‘linmalar va Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazlarini (TKM) joylashtirish, shuningdek kadrlar tanlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi. Hududlarga xizmat safari chog‘ida 300 ta tadbirkorlik sub’ekti bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

    Bir vaqtning o‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlari bilan birgalikda xizmat safari uyushtirish amaliyoti joriy etilgan bo‘lib, ushbu safarlar davomida 74 ta muammoli masalani joyida hal etilishiga yordam ko‘rsatilib, tadbirkorlik sub’ektlaridan olingan 15 ta taklif qabul qilindi.

    Xususiylashtirish qo‘mitasining hududiy vakillari ishtirokida Norin tumani (Namangan) va Xonobod shahridagi (Andijon) bo‘sh turgan va samarasiz ishlayotgan ob’ektlar, binolar va er maydonlari inventarizatsiyasi o‘tkazildi. Huddi shu kabi ishlar Parkent tumanida (Toshkent viloyati) ham yakuniga etkazilmoqda.

    Shu bilan birga, har bir ob’ektning pasporti va ularni kelgusida samarali qo‘llash, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun tumanning (shaharning) namuna xaritasini ishlab chiqish maqsadida bo‘sh turgan va samarasiz ishlayotgan ob’ektlar, binolar va er maydonlari inventarizatsiya qilish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida har bir viloyat markazida bittadan tuman tanlab olindi. Joriy yilning oxirigacha respublikaning butun hududi bo‘yicha ushbu ishlarni yakunlash ko‘zda tutilgan.

    Tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash sohasida:

    Tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining sifatini tubdan oshirish maqsadida, Savdo-sanoat palatasi hududida 42 nafar rahbar kadr uchun o‘quv seminari tashkil etilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 iyundagi PF-5087 sonli “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi tizimini tubdan takomillashtirish va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni mavzusi ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda shu kabi seminarlarni tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarining 388 xodimi uchun o‘tkazish rejalashtirilgan.

    Avvalroq xalqaro moliya va donor tashkilotlar ko‘magida ishlab chiqilgan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarining elektron bazasi shakllantirilib, ishda qo‘llash hamda tadbirkorlik sub’ektlari orasida tarqatish uchun SSPning barcha hududiy bo‘limlariga topshirilgan.

    Evropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi” doirasida tadbirkorlarni Evropa Ittifoqi mamlakatlaridagi xorijiy amaliyotlarini tashkil etish maqsadida joriy yilning 18 avgustiga qadar tanlov e’lon qilindi, bugunga qadar 80dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari hujjat topshirgan.

    Germaniya Hukumatining moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan «Boshqaruv kadrlarini tayyorlash dasturi» doirasida 18 nafar tadbirkorlar Germaniyada malaka oshirish uchun yuborilgan.

    Mahalliy tadbirkorlarni xorijda amaliyot o‘tab kelishini tashkil etish bilan birga o‘qitish bo‘yicha 3 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Shuningdek, BMTTD, EXXT va Global ekologik fond bilan SSP, hududiy boshqarmalar va joylardagi ko‘mak markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan yana 3 ta loyihani (1,8 mln. AQSh dollari) amalga oshirishga doir kelishuvga erishilgan. Bundan tashqari, Toshkent, Andijon, Urganch shaharlaridagi o‘quv markazlarini, shuningdek, respublikaning viloyat markazlaridagi biznes-inkubatorlarni jihozlash bo‘yicha hind tomoni va KOIKA bilan 2 ta loyiha ishlab chiqilmoqda.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarni jalb qilish sohasida:

    O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Xorijiy davlatlar diplomatik korpuslari vakillari bilan 7 ta, xorijiy tashkilotlar va kompaniyalar vakillari bilan 13 ta uchrashuv tashkil etildi. Jumladan, Yaponiya, Evropa Ittofoqi, Hindiston, Indoneziya, Gruziya, Qirg‘izston va Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchilari bilan kelajakdagi rejalar va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikrlar almashildi. Xorijiy tashkilotlar vakillaridan esa Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari, Tojikiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Qirg‘izston Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari, Xitoyning Landjou shahri meri, Yunnan provintsisi maslahatchisi, Yanpu provintsiyasi xorijiy davlatlar bilan do‘stlik kengashi rahbari, Yaponiyaning “Uno” korporatsiyasi prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama takliflar muhokama qilindi.

    Birgina misol, 18-20 iyun kunlari Tomsk viloyati Savdo-sanoatpalatasi (Rossiya Federatsiyasi) bilan hamkorlikda Rossiya ishbilarmon doiralarining O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirildi. Tashrif doirasida O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumi, bir qator vazirlik va idoralarda urashuvlar tashkil etildi.

    5 iyul kuni Savdo-sanoat palatasida Saudiya Arabistoni Qirolligida yashovchi etnik o‘zbek biznes vakillari va o‘zbek korxonalari ishtirokida kooperatsion birja tashkil etildi. Tadbir yakuni bo‘yicha «Abdullatif Trading Co. Ltd.» korxonasi va «Arfitex Group» MChJ o‘rtasida Toshkent shahrida kottejlar qurish uchun 2 mln. AQSh doll. miqdorida investitsiya ajratish bo‘yicha kelishishuvga erishildi.

    Undan tashqari, TIV, TSV va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan Savdo-sanoat palatasining ikkinchi yarim yillikka mo‘ljallangan xalqaro tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritildi.

    Bugungi kunda SSP tomonidan Avstriya, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Kanada va Rossiya kabi davlatlar bilan biznes-forumlarni tashkil qilish bo‘yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda.

    Tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqil ravishda interaktiv shaklda zamonaviy xorijiy uskunalar va mini-texnologiyalarni izlash imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqiladigan eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.

    Mahalliy tashkilotlar mahsulotlarining tashqi bozorlarga chiqishini ta’minlash, milliy brendlarni xorijda faol ilgari surish maqsadida:

    - 18 nafar tadbirkorning Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan (20-22 iyun) “Buyuk ipak yo‘li – do‘stlik va qardoshlik yo‘li” xalqaro ko‘rgazmasiga tashrifi uyushtirilib, tashrif yakunlari bo‘yicha alyuminiy profillarni etkazib berishga oid eksport shartnomasi imzolandi. Hozirda maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalarini tuzishga oid muzokaralar olib borilmoqda.

    - 86 nafar tadbirkorning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan (27 – 29 iyulь) ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Tojikistonga tashrifi tashkil etilib, tadbir yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 4,7 mln. AQSh dollariga teng 20ta eksport shartnomasi tuzildi.

    -15 nafar o‘zbek kompaniyasi vakillarining Erevan shahriga (7-9 iyulь) tashrifi uyushtirilib, natijada uskuna etkazib berish bo‘yicha 10 ta import shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    - 3 nafar o‘zbek kompaniyasi vakillarining Turkiyaga (19-21 iyulь) safari tashkil etilgan bo‘lib, natijada 1 000 000 AQSh dollariga teng shartnomani imzolash to‘g‘risida kelishuvga erilishdi.

    Investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashish:

    Mahalliy va xorijiy investitsiyalarni, shuningdek zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish maqsadida, Savdo-sanoat palatasi tomonidan chet el kapitali ishtirokida 6 ta qo‘shma korxonani tashkil etishda yordam ko‘rsatildi. Ulardan 1 tasi oziq ovqat ishlab chiqarish, 1 tasi savdo uskunalarini ishlab chiqarish, 2 tasi qurilish mollari, 1 tasi tekstilь ьaxsulotlari ishlab chiqarish, 1 tasi boshqa soxalardagi ishlab chiqarish faoliyatiga qaratilgan.

    25 ta korxonaga umumiy qiymati 4,055 mln. AQSh dollariga teng mini-texnologiyalar va uskunalarni topish va xarid qilishda bevosita yordam ko‘rsatilgan. Etkazib berilgan qurilmadan 2 tasi to‘qimachilik mahsulotlari, 6 tasi qurilish materiallari, 8 tasi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, 4 tasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va 5 tasi boshqa sektorlar bo‘yicha. Asosiy ta’minotchi davlatlar XXR, EI va boshqa davlatlar. Qurilmani izlashda asosiy ko‘mak mexanizmi SSP tomonidan xorijda ishbilarmon tashriflar, tadbirkorlarning xorijiy ko‘rgazmalar va biznes-uchrashuvlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidagi ko‘rgazmalarda ishtirokini tashkil etishdan iborat.

    O‘zSSP axborot xizmati

    24.08.2017

    11:15

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06