«TA'LIM VA MUTAXASSISLIK» 17-chi Halqaro ko'rgazmasiga taklif qilamiz
2017 yilning 28-30 Sentabr kunlari Savdo-Sanoat Palatasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi va «Expocontact» kompaniyasi o'n yettinchi xalqaro «Ta'lim va Mutaxassislik» ko'rgazmasini tashkil qiladi.
Manzil: Yoshlar Ijod Saroyi, Mustaqillik ko'chasi 2, mo'ljal «Mustaqillik maydoni» metrosi.
Ko'rgazmaning asosiy maqsadi:
O'zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar o'quv yurtlarida, zamonaviy metodikalar asosida ta'lim berishlari bilan tanishtirish, o'zaro tajriba almashishga ko'maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga o'zlarini qiziqtirgan mutaxasisligi bo'yicha bilim olishlari uchun, o'quv yurtlarini tanlashga yordam berish.
Ko'rgazmaning vazifalari:
- O'zbekiston Respublikasi va horijiy mamlakatlar o'quv yurtlarida qaysi mutaxasisliklar bo'yicha ta'lim olishning imkoniyatlari borligi xaqida ma'lumot berish;
- Yoshlarda mutaxasislik tanlashga qiziqtirish uyg'otish va shu sohada ta'lim olishga jalb etish;
- Ikkinchi kasb-xunar o'rganish yoki o'z kasbi bo'yicha malakasini oshirish istagida bo'lgan shaxslarga ta'lim olish uchun o'quv yurtini topishga yordam berish;
- O'quv yurtlarini jixozlash uchun ishlab chiqarilgan, texnik vositalar, o'quv-metodologik adabiyotlar, mebel-jixozlar va kompyuterlashtirishning eng oxirigi yutuqlari bilan tanishtirish.
Ko'rgazmaning asosiy yo'nalishlari:
- Oliy o'quv yurtlari;
- O'rta maxsus ta'lim muassasalari;
- O'quv markazlari;
- Malakani oshirish institutlari;
- Xususiy maktablar, til markazlari;
Ko'rgazmaning yordamchi yo'nalishlari:
- Ta'lim muassasalari uchun dasturlar;
- Ta'limdagi informatsion texnolgiyalar;
- O'quv qo'llanmalar;
- O'quv mebeli va kanselyariya jixozlari;
- Sport jixozlari.
Ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar - maktab, kollej va litsey o'quvchilari, abiturientlar, talabalar, ularning ota-onalari, o'quv muassasalarining vakillari, shunindek barcha qiziquvchilar.
Ko'rgazma o'tkazilish davrida mamlakatimizning 35 dan ortiq institut va universitetlari, 40 dan ziyod o'quv markazlari, hamda Yevropa, Osiyo, Latviya, Rossiya va bir qancha boshqa mamlakat universitetlari ishtrok etdi. « Ta'lim va Mutaxassislik » ko'rgazmasiga umumiy xisobda 30.000 dan ortiq odam tashrif buyurdi. Tashrif buyurganlarning asosiy qismi 14-25 yoshdagi yoshlar bo'ldi.
O‘zSSP axborot xizmati
25.09.2017
17:41