“O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” taqdimoti
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-15 oktyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi dovomida berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, xususan, Xorazm viloyatida investitsion loyihalarni o'z vaqtida amalga oshirilishini tashkil etish maqsadida tashabbuskorlarga barcha xujjatlarni tayyorlashda, kredit mablag'larni rasmiylashtirishda amaliy yordam ko'rsatish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosi ta'minlash maksadida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi korxonalari tarkibiy qayta tuzish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16-sentyabrdagi PK-3283-sonli Qarori asosida Xalqaro tiklanish va tarakkiyot banki hamda Xalqaro tarakkiyot assotsiatsiyasi ishtirokidagi “O'zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyixasining maqsad va moxiyati, kredit olish shartlari va tartiblari, kredit olish uchun talab etiladigan xujjatlar, muddati xamda foizlari to'g'risida to'lik ma'lumotlar berish uchun joriy yilning 16 oktyabrida Xorazm viloyatida loyixa takdimoti o'tkazildi.
Mazkur loyihaning taqdimoti bilan quyida tanishishingiz mumkin.
10.11.2017
12:44