Ekspertlar kengashi hakamlik sudlari va xalqaro tijorat arbitrajining holati va ularning rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi
2018 yil 26 yanvar soat 11-00 da O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining katta majlislar zalida Ekspertlar kengashining navbatdagi yig'ilishi o'tkaziladi.
Yig'ilishda quyidagi masalalar muhokama qilinadi: “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimidagi Hakamlik sudlarining 2017 yildagi faoliyati yakunlari va 2018 yildagi vazifalari to'g'risida va “O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tarkibida xorijiy investorlar, shuningdek, chet ellik hamkorlar bilan o'zaro munosabatlarda milliy kompaniyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofaza qilishini ta'minlash bo'yicha xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar” rejasining ijrosi
Ekspertlar kengashi yig'ilishida ishtirok etish istagida bo'lganlar quyidagi telefon raqami orqali ro'yxatdan o'tishlarini so'raymiz: +99871 150 60 06
24.01.2018
12:57