• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Hakamlik sudlari va xalqaro tijorat arbitraji faoliyati natijalari va ularning rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi

    Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlayotgan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi, davlat xizmatlari ko'rsatishning to'g'ridan-to'g'ri muloqotsiz zamonaviy interaktiv shakllari joriy etilmoqda, davlat bilan ishbilar-monlar o'rtasida tizimli muloqot yo'lga qo'yildi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'rta sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va aholi daromad-larini oshirishning eng muhim omili sifatida kichik tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.

    Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov ochib berar ekan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan Hakamlik sudlari tomonidan 2017 yilda muayyan ishlar amalga oshirilganligini ta'kidladi.

    Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari huzurida tashkil qilingan 15 ta Hakamlik sudlarining sudyalari ro'yxatiga 100 dan ortiq yuqori malakali mutaxassislar kiritilgan.
    Hakamlik sudlari tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida ularga da'vo arizalari bilan murojaatlar soni yildan yilga ko'payib bormoqda.

    Masalan, Hakamlik sudlari tomonidan 2007-2017 yillar mobaynida  jami 10446 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 503,5 mlrd. so'm, 54,2 mln. AQSH dollari, 195,1 ming Yevroni tashkil qilgan.
    2017 yilda Hakamlik sudlari tomonidan 2465 ta ishlar ko'rilgan bo'lib, da'vo summasi 114,2 mlrd. so'm, 5,4 mln AQSH dollarini tashkil qilgan. Bu 2016 yilda ko'rilgan ishlar soniga nisbatan 1204 taga ko'pdir.

    Xakamlik sudi faoliyati bilan yaqindan tanish M.Xodjaev xakamlik sudlari xaqida shunday fikr bildirdilar: “Kapitalbank” ATB 2011 yildan buyon vujudga kelgan nizolarni hal qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudiga da'vo arizasi bilan murojaat qilib kelmoqda. Buni raqamlar misolida oladigan bo'lsak, bank da'vogarligida 2011 yildan hozirgi kunga qadar Hakamlik sudi tomonidan jami 110 ta ish ko'rib chiqilgan shuningdek bank javobgar bo'lgan 6 ta ish ko'rib chiqilgan.Nima sababdan bank Hakamlik sudini tanladi degan savol bo'lishi mumkin. Bunga sabab: Birinchidan, Hakamlik sudida nizo qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi. Da'vogar hakamlik sudiga da'vo arizasi bergan vaqtdan e'tiboran hakamlik muhokamasi uzog'i bilan bir oygacha bo'lgan muddat ichida ko'rib chiqiladi. Ikkinchidan, Hakamlik sudining kamchiqimligi. Xususan, fuqarolik sudlarida davlat boji da'vo bahosining 2 %, iqtisodiy sudlarda 1 % miqdorida belgilangan. O'zR SSP huzuridagi Hakamlik sudi misolida oladigan bo'lsak, unda hakamlik yig'imi da'vo bahosining 0,5 % tashkil qilib, da'vogar Savdo-sanoat palatasi a'zosi bo'lgan taqdirda ushbu hakamlik yig'imining 75 %ni to'laydilar, shuningdek hakamlik muhokamasi hakamlik sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqilganda yig'im yana 25 %ga kamaytiriladi. Ushbu holatda bunday xarajatlar javobgar zimmasiga yuklatilishini inobatga oladigan bo'lsak, bank o'zining mijozi moliyaviy jihatdan qiyin ahvolda qolmasligi uchun ham hakamlik sudiga murojaat qiladi. Misol: 2017 yilning avgust oyida bank qarzdor tashkilotga nisbatan 9 000 000 000 so'm miqdoridagi kredit qarzdorlikni undirish yuzasidan hakamlik sudiga murojaat qildi. Bank da'vogar sifatida 14 977 500 so'm miqdorida hakamlik yig'imini to'ladi. Agar bank vakolatli sudga murojaat qilganida esa 90 000 000 so'm miqdorida davlat boji to'lagan bo'lar edi. O'z navbatida ushbu katta mablag'ni bankning mijozi bo'lgan qarzdor tashkilotning zimmasiga yuklanardi. Natijada bank mijozining sud xarajatlari 75 mln so'mga qisqardi. Uchinchidan, Hakamlik muhokamasi yopiq sud majlisida ko'rib chiqilib, undagi ma'lumotlar oshkor etilmaydi. Bu esa o'z navbatida tijorat sirlarining oshkor bo'lmasligini yoki uning nufuziga putur yetmasligini ta'minlaydi. To'rtinchidan, Hakamlik sudi hal qiluv qarori uzil-kesil hisoblanib, u vakolatli sudlar tomonidan qayta ko'rib chiqilmaydi. Xususan, FPK va IPKda sud ishni sud majlisida ko'rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoxud hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko'rib chiqishga haqli emasligi belgilangan. Beshinchidan, Hakamlik sudining moddiy texnika bazasi mavjudligi, sud zalining shinamligi bilan qulay bo'lib, hakamlik sudyalar va hakamlik sudi xodimlarining  professionalligi, taraflarni kelishuvga erishishiga ko'maklashishi va xushmuomalaligi bilan alohida ahamiyatga ega. Oltinchidan, Hakamlik sudida ish hajmi me'yor darajasida bo'lganligi sababli har bir ishga alohida yondashib batafsil ko'rib chiqiladi hamda sifatli hal qiluv qarorlari qabul qilinadi.

    Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimida har oyning so'nggi seshanbasi «Hakamlik sudi» kuni deb belgilangan bo'lib, maqsad tadbirkorlik sub'ektlari huquqiy himoyasini kuchaytirish, nizolarni hal qilishning muqobil usullaridan keng foydalanish, palata a'zolari va xodimlarning bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirishdir.

    Xisobot davrida o'tkazilgan seminarlarda “O'zbekistonda xalqaro tijorat arbitraj sudini tashkil qilish bo'yicha tashkiliy-huquqiy choralar”, “Tijorat arbitraji: tushunchasi, prinsiplari va afzalliklari”, “Xalqaro tijorat arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish tizimini takomillashtirish”, “Arbitraj bitimi (arbitraj sharti) - tushunchasi va huquqiy tabiati”, “Xalqaro tijorat arbitrajlarining hal qiluv qarorlarini tan olish va ijro etish bo'yicha iqtisodiy sudlarning amaliyoti”, “Xalqaro tijorat arbitrajining yurisdiksiyasi - ahamiyati va to'g'ri tanlashning muhimligi” kabi mavzularda ma'ruzalar qilindi.

    Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xuzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi raisi F.Otaxonov so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudi ham faoliyat yuritib kelayotganligini ta'kidlab, xalqaro tijorat arbitraj sudi tomonidan u tashkil qilingan kundan hozirgacha da'vo summasi 1 844 388,96 AQSH dollari bo'lgan 6 ta nizoni ko'rib chiqilganligini, shulardan bittasi (188 600,42 AQSH dollari) bo'yicha ish yuritish tugatilganligi, bittasi (820 043,10 AQSH dollari) bo'yicha ish yuritish to'xtatilganligi, 4tasi bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinib, javobgarlardan jami 808 535,48 AQSH dollari undirilganligini ma'lum qildi.

    Qayd etish lozim, xalqaro tijorat arbitraj sudiga kelib tushgan nizolar bo'yicha da'vogar sifatida Belarus Respublikasi, Qozog'iston, O'zbekiston va javobgar sifatida O'zbekiston, Xitoy, Daniya, Germaniya kompaniyalari ishtirok etganlar.

    Yig'ilishda tadbirkorlik sub'ektlari, yuridik shaxslarning yuriskonsultlari, xalqaro ekspertlar ishtirok etib, bu kabi tadbirlar hakamlik va arbitraj muhokamasini takomillashtirish va uning huquqiy bazasini mustahkamlash bilan bir qatorda, biznesning, jumladan, chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari samarali muhofaza qilinishi, mazkur sohaga oid milliy tajribani chet elda keng targ'ib etilishi yo'lida xizmat qilishini alohida ta'kidladilar.

    O'zSSP Axborot xizmati

    26.01.2018

    12:47

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06