IMPORT QILINADIGAN TOVARLAR IXTIYORIY ASOSDA YUKLASHDAN OLDIN INSPEKSIYADAN O'TKAZILADI
Prezidentning 24.03.2018 yildagi «Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdooperatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori O'zAda joylashtirilgan.
Mamlakatimizga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o'tkazish tartiboti bekor qilinmoqda. Endi u ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
Ma'lumot uchun: yuklashdan oldin inspeksiyadan o'tkazish ilgari ham barcha hollarda majburiyemas edi. U umumiy qiymati 10 ming AQSH dollaridan oshmagan kontraktlar bo'yicha tovarlaretkazib berilishiga, shuningdek ilgari litsenziyalar bo'yicha import qilingan maxsus turdagi tovarlar (qurol-yarog', qimmatbahometallar, radioaktiv moddalar va ulardan foydalanilgan priborlar, asbob-uskunalar) etkazib berilishiga nisbatan tatbiq etilmagan.
Import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o'tkazish xizmatlarini akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari ko'rsatadilar. To'lov ularning O'zbekiston tijorat banklarida ochilgan hisobraqamlariga kelib tushadi. Bunda import qiluvchi muayyan inspeksiya organini erkin tanlash huquqiga ega, unga kimnidir tavsiya qilish taqiqlangan.
Olib kiriladigan tovarlar sifati, miqdori va narxlarining «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi» DUKda (Markaz) ro'yxatdan o'tgan import kontraktlari shartlariga muvofiqligi uchun javobgarlik import qiluvchining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklatiladi. Bojxona organlari Markazda ro'yxatdan o'tgan kontraktlar doirasida erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar haqidagi ma'lumotlarni axborot tizimlaridan foydalangan holda unga taqdim etadi.
Markaz faoliyati sohasi tatbiq etiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridlarini o'tkazish (xarid tartibotlarini bajarish, reklama ishlarini tashkil etish, tender va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar) bo'yicha ixtisoslashgan tashkilotni tanlash tanlov asosida amalga oshiriladi. Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bunday tashkilotlarga qo'yiladigan talablarni va davlat xaridlarini o'tkazish doirasida ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar turlari ro'yxatini belgilaydi.
26.03.2018
17:59