Andijonda tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Andijon viloyatida tadbirkorlik subektlari bilan ochiq mulokot o'tkazildi.
Unda viloyatning barcha tuman va shaxarlaridan tashrif buyurgan tadbirkorlik subektlari, eksportyorlar va import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda viloyat Prokuraturasi, viloyat Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot davomida soha mutaxassislari xukumatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imtiyozlar haqida to'iq ma'lumotlar berib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport xajmini oshirish va viloyat iqtisodiy salohiyatini ko'tarish kabi masalalarda fikr va mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbirda tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan muammolarni bartaraf etish bo'yicha tegishli choralar ko'rish yuzasidan kelishib olindi.
O'zSSP Axborot xizmati
30.03.2018
18:37