Navbatdagi ochiq muloqot import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga bag'ishlandi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2018 yil 5 aprel kuni Toshkent shahridagi Shodlik” mehmonxonasida respublikamizda import hajmini qisqartirish, mahalliy xom-ashyo va materiallar negizida import o'rnini bosuvchi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish borasida mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi.
Uchrashuv davomida Palata ma'sul xodimlari tomonidan hududlarda import hajmini qisqartirish bo'yicha mahalliy tadbirkorlarga atroflicha tushuntirish berish, ularning import hajmini qisqartirish borasidagi mavjud muammolarini muhokama etish hamda mahalliy xom-ashyo va materiallar negizida import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi masalalar atroflicha muhokama etildi.
Tadbirda Toshkent shahridagi 50 tadan ortiq mahalliy ishlab chiqarish korxonalari ishtirok etdilar.
O'zSSP Axborot xizmati
05.04.2018
18:26