Polshalik savdo kompaniyasi vakillari bilan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida biznes muloqot tashkil etildi.
2018 yil 17 aprel kuni Savdo-sanoat palatasida O'zbekiston Respublikasining Polshadagi elchixonasi bilan hamkorlikda respublikamizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va tekstil mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilish bo'yicha Polshalik savdo kompaniyasi vakillari bilan mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari o'rtasida biznes muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida O'zbekistondan turli tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini Polshaga eksport qilish masalalari atroflicha muhokama etildi.
O'zSSP Axborot xizmati
18.04.2018
13:06