Yana bitta tadbirkorning muammosi hal etildi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga "E’zoza Al madad” XK nomidan minnatdorchilik xati kelib tushdi.
Unda tadbirkor SH.Yakubboeva tadbirkorlik faoliyatini boshlash barobarida xukukiy bilim va tajriba ozligi tufayli anchagina kiyinchiliklarga duch kelgani xaqida yozgan.
2017 yil yoz oylarida O'zSSP raisining birinchi o'rinbosari Islom Jasimovning Milliy teleradiokompaniyasi orkali "tadbirkorlik davlat ximoyasida ekanligini xamda Respublika SSPda xar bir tadbirkor va uning faoliyatiga individual yondashib va tadbirkorning xukukiy savodxonligini oshirib, unga amaliy yordam kursatilishi" xaqida xabardor bo'lgach, 2018 yil fevral oyida Respublika SSPga murojaat kilib, o'z muammosini ma'lum qilgan.
Murojaatdan so'ng, O'zSSP xodimlari tomonidan "E’zoza Al madad” XK XKning manfaatida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga o'tkazilgan tender savdosining Toshkent viloyati Parkent tumani Yoshlik MFY hududidagi XATP-23 ma'muriy binosini sotish qismini haqiqiy emas deb topish to'g'grisida da'vo ariza kiritildi. Ushbu kiritilgan da'vo ariza qisqa muddat ichida o'rganib chiqilib, 2018 yil 19 aprel kuni navbatdagi sud majlisida tadbirkor murojaati adolatli hal qilinib, da'vo ariza talablari to'liq qanoatlantirildi hamda SH.Yakubboeva faoliyati davom ettirilishi ta'minlandi.
"Siz va Siz bilan xamnafas bilimli, iqtidorli mehnat jamoangiz bor ekan biz Respublika tadbirkorlari o'z kuch va g'ayratlariga ishonib, oldimizga qo'ygan barcha niyat-maqsadlarimizga erishib, bundanda yuksak cho'qqilarni zabt etishimizga ishonamiz. Respublika SSPning mexnat jamoasiga yana bir bor o'z minnatdorchiligimni bildirib, kelgusi ishlaringizga muvaffakiyatlar tilayman" - deya tadbirkor SH.Yakubboevatadbirkor SH.Yakubboeva o'z tashakkurnomasiga yakun yasagan. tashakkurnoma
O'zSSP Axborot hizmati
25.04.2018
10:43